$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda alyuminiy sexi 6,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

tabiiy gaz

Andijon shahrida alyuminiy ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 6,8 mlrd. so'm zarar yetkazgani ma'lum bo'ldi.

"Kamchiqim" sex

“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o'tkazildi.

Unda aniqlanishicha, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MChJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.

6 milliarddan ziyod zarar

Ushbu qoidabuzarlik holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Qing'ir ishning qiyig'i 

Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar va javobgarlik mavjud.

Buni unutgan fuqaro sodir etgan qonunbuzarlikka oid hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.