$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Bayram kunlarida aholi elektr energiyasi bilan qanchalik ta’minlandi?

elektr

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Issiqlik elektr stansiyalari AJ boshqarma boshlig‘i Firuza Turg‘unova ma’lum qilishicha, bayram kunlarida issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘tgan 3 sutkada 120,1 million kub metr tabiiy gaz va 42,2 ming tonna ko‘mir sarflangan.

3 kunda 120 million kub metr gaz yoqilgan

Ma’lum qilinishicha, bayram kunlarida ham elektr energiyasini ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlandi. 2024-yilning 30-31-dekabr va 2025-yilning 1-yanvar kunlari jami 668,1 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan ishlab chiqarilgan 571,2 million kVt.soat elektr energiyasi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘tgan 3 sutkada 120,1 million kub metr tabiiy gaz va 42,2 ming tonna ko‘mir sarflandi.

Shuningdek, Respublika miqyosida barcha aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizim korxonalarida tun-u kun ishlar tashkil etilgan.

Ayni paytda barcha elektr stansiyalar va markazlarda navbatchilik asosida energoqurilmalarning uzluksiz va barqaror ishlashi jarayonini muvofiqlashtiruvchi maxsus tezkor shtablar faoliyat yuritmoqda. Mavsumni betalofat o‘tkazish uchun ular tarkibiga 2 mingdan ortiq malakali mutaxassis hamda 112 ta maxsus texnika biriktirilgan. Rahbar va mas’ul mutaxassislardan iborat 10 ta tun-u kun faoliyat olib boruvchi navbatchilik guruhlari ish olib boryapti.

Dispetcherlik markazlari tun-u kun faoliyat yuritmoqda

Ma’lumot uchun, qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tizim korxonalarida reja asosida va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan jami 64 ta qurilmada ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va belgilangan ishlar ortig‘i bilan bajarildi.

“Toshkent issiqlik markazi” korxonasining 10 ta issiqlik markazidagi 60 ta qozon agregatidan 15 tasida mukammal, 45 tasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ta’mirlash va sozlash ishlari natijasida mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 291 megavatt va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi 235 tonna soatga oshirilishiga erishildi.

Shuning bilan birga, mavsumni betalofat va barqaror o‘tkazish bo‘yicha situatsion-tahliliy onlayn dispetcherlik markazining sutkasiga 24 soat, tunu-kun faoliyati amalga oshirilmoqda.

Markaz real vaqtda issiqlik elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonini onlayn monitoringini amalga oshirib ishlab chiqarish jarayoni monitoringini amalga oshirmoqda.