$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

elektr

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida tezkor tadbirlar o‘tkazilganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut va Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar jarayonlarini olib borildi.

Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgan

Ma’lum qilinishicha, ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi YATT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, jami 230 mln. so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Samarqand” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Oqdaryo tumani bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.