$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijon va Toshkentda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

elektr

So‘nggi vaqtlarda bir qator hududlarda energiya resurslaridan noqoqnuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Shu sababli Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon va Toshkentning bir qator tumanlarida tezkor reyd tadbirlarini amalga oshirdi.

2 ta hududda ham elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olingan

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri va Andijon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.R.” va “I.Ch.” MCHJlarning mas’ul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulanib, jami 717,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 

Shuningdek, Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 309,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.