$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaga eksport qilingan o‘rikda qurt aniqlanmagan — Rosselxoznadzor

O

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan o‘rik mahsuloti qurtlaganligi sababli qaytarilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Laboratoriya ekspertizasi

Ushbu holat yuzasidan Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) mutasaddilari bilan muzokaralar olib borilgan. Ma’lum qilinishicha, mahsulot Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi bog‘da yetishtirilgan. 924 kilogrammlik o‘rik 6+ kalibrda bo‘lib, may oyining so‘nggi sanalarida yuklangan. Yuk belgilangan tartibda Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilganda unga ijobiy xulosa berilgan.

Mahsulot ortga qaytarilmagan

Orenburgga jo‘natilgan ushbu yuk yuzasidan agentlikka notifikatsiya (e’tiroznoma) jo‘natilmagan. Agentlikning ta’kidlashicha, mahsulot fumigatsiya qilingani va ortga qaytarilmagan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-mart oylarida Rossiya Federatsiyasiga 10 000 tonnaga yaqin o‘rik mahsuloti eksport qilingan.