$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

II Xalqaro ekologik oromgoh o‘z ishini Samarqand ziyoratidan boshladi

ekologik oromgoh

Ekologik oromgoh 23-30 iyun kunlari Xalqaro yoshlar festivali doirasida o‘tkazilmoqda. Bu yilgi tadbirlarda Markaziy Osiyo, Vengriya, Turkiya va Ozarbayjondan ishtirokchilar qatnashmoqda. Unda ekologik kun tartibini targ‘ib qilishda faol ishtirok etayotgan, ushbu mavzuni tengdoshlari orasida targ‘ib qiluvchi yoshlar jamlangan

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidan kelgan Yasmina Abduxoliqovaning aytishicha, u avval ham Samarqandga oila a’zolari bilan kelgan bo‘lsa-da, tengdoshlar bilan bo‘layotgan sayohat unga ko‘proq yoqmoqda.

Vengriyalik ishtirokchi Klara Kamilla Yobning aytishicha, O‘zbekistonning madaniyati o‘ziga xos, tarixiy joylarga sayohat unga boshqacha kayfiyat bermoqda.

“Oromgohda o‘zimga o‘xshagan yoshlar bilan yaqindan muloqot qilmoqchiman. Ularning g‘oyalarini eshitishni va bundan ilhomlanishni xohlayman”, — deydi Klara Kamilla Yob.

Bu yil oromgoh dasturi ikki bosqichga bo‘lingan: 23-26 iyun kunlari Samarqand shahrida va 27-30 iyun kunlari Toshkentda tadbirlar o‘tkaziladi. Samarqandda ishtirokchilar faol guruh darslari, mahorat darslari va ekologik loyihalar muhokamasidan, shuningdek, shaharning tarixiy diqqatga sazovor joylariga sayohatdan iborat boy madaniy dasturdan bahramand bo‘ladi.

Toshkent shahrida yoshlar ekomaktablarga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan innovasion ekologik loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, Green Universityda ekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokchilar ma’ruza o‘qiydi.

Tadbir Yoshlar agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirliklari, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, YUNISEF, BMTTD hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO hamkorligida tashkil etilgan.