$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat OTMlari soni xususiylar bilan tenglashtiriladi

sharipov kongratbay

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Lolazor” podkastida qabul haqidagi yangiliklar, kvota masalasi, oliygohlar faoliyati, ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat granti, kontraktlar va super-kontraktlar, akademik mobillik, kadrlar muammosi kabi dolzarb savollarga javob berdi.

Ta’limga raqobat olib kirish nega kerak bo‘ldi?

Vazirning bayonot berishicha, agar davlat universitetlari bilan cheklanib qolsak bizda 2 ta muammo yuzaga keladi. Birinchidan, aholi soni ikki barobar ko‘payib ketdi. Bizning OTMlarimizning binolarini esa ikki marta ko‘paytirish qiyin. Abituriyentlarimiz o‘qish uchun qo‘shni davlatlarga chiqishni boshlayapti. Endi savol tug‘iladi? Ularning hammasi ham borib o‘qiyaptimi? Eng ko‘p jinoiy ish shu ish bilan o‘rtaga tushgan firibgarlardan bo‘lyapti: "O‘qishni ko‘chirib beraman", "Bormasang ham diplomingni olaverasan" kabi va’dalar bilan. Ikkinchidan, ma’lumot uchun, hozirda 110 ming talabamiz chet el ta’limini olmoqda. O‘zimizda xususiy OTMlar ochilmagan taqdirda, bu raqamlar taxminan 500 mingni tashkil qilishi mumkin edi. Olaylik, chetga ketayotgan talabalar har biri 1000 AQSh dollaridan kontrakt to‘laganda ham 5 mlrd. dollar chiqib ketadi bizdan. Bu milliy iqtisodiyotga, ayniqsa, inflyatsiyaga yomon ta’sir qiladi. Shu taraflarini o‘ylab, o‘zimizda ham xususiy OTMlarga imkoniyat berib ko‘rish kerak degan to‘xtamga kelindi.

Songa emas, sifatga ishlayapmiz

— Sifat nuqtayi nazardan o‘ylab ko‘rilsa, xususiy ekan deb ochaverish ham noto‘g‘ri. Xususiy oliygohlar yetarlicha ta’lim sifati yaratib berolmasa, kadrlar ishsiz qolib ketishi oqibatida, jamiyatda oliy ma’lumotli ishsizlar ko‘payib ketadi. Shu sababdan, 1,5 yildan beri xususiy OTMlarga litsenziya berish to‘xtatildi, faqatgina mavjudlarini ustida ishlanyapti. Talabga javob bermaydigan, salohiyati yetmayotgan yoki boshqa muammoli xususiy universitetlarni ogohlantirib, xat berilyapti. Shundan keyin ham berilgan muddatda kamchiliklarini to‘g‘irlamasa, xususiylar sudga berilib, o‘zini oqlolmaganlari yopilishi haqida qaror chiqarilyapti. Natijada, 67 ta xususiy OTMdan 5 tasi yopilib ketdi. Yaqin kunlarda xususiy OTMlarni litsenziyalash haqida yangi qaror chiqadi. Bu borada tartibga solinishi kerak bo‘lgan masalalar juda ko‘p — dedi Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Xususiyga qo‘yilayotgan talablarga davlat OTMlari javob beradimi?

Bu siyosat davlat OTMlari bilan ham xuddi shunday ishlaydi. Talabga javob bermadimi, tekshiruvdan o‘tkazib yopiladi. Masalan, yaqin kunlarda talabga javob bermayotgan 20 ta davlat universitetlari yopilishi rejalashtirilmoqda. Vazirga ko‘ra, bu ro‘yxat oldindan ochiqlanmaydi, lekin uzoq tumanlardagi universiet filiallarini yopish ko‘zda tutilgan. U yerlarda kadr yo‘q, salohiyat yo‘q, yaxshi mutaxassislar bormaydi, talabalarining ko‘pchiligi esa "perevod" orqaligina o‘qiydi, maqsadi o‘qish emas. Davlat universitetlari optimizatsiya qilinganidan keyin davlat OTMlari soni xususiylar bilan tenglashtiriladi.