$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Maktab o‘qituvchisining obro‘yi qayerga tushib qoldi?

ustoz o‘qituvchi o

So‘nggi vaqtlarda maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolar ortib bormoqda. Bunda o‘qituvchilar o‘quvchilarni ayblasa, o‘quvchilar esa buning aksi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra esa munosabatlarda har ikkala tomon ham aybi bor. Shunday noxush holatlardan biri kuni kecha Shahrisabz tumanining 1-sonli maktabida kuzatilgan bo‘lib, natijada o‘qituvchi ham o‘quvchi ham shifoxonaga yotqizilgan.

Vaziyat aslida qanday bo‘lgan

Shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, holat 19-fevral kuni soat taxminan 10:45 lar atrofida sodir bo‘lgan. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qor o‘ynayotgan o‘quvchilarni chaqirib sinf xonalariga kirgizmoqchi bo‘lgan. Shu paytda 10-F sinf o‘quvchisi J.B unga qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng direktor o‘rinbosari o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va o‘quvchini urgan. Keyin o‘quvchi ham uning yuz qismiga musht tushirgan. Voqea tufayli o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Ayni damda vaziyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirda bu kabi misollarni ko‘p keltirish mumkin. Ammo muammolarning sababi va yechimini hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilmayotgani achinarli.

O‘quvchini to‘g‘ri jazolash kerak

 O‘qituvchi o‘quvchilarni tarbiyalashi kerak. Tarbiyalash deganda u xato qilganda qo‘l ko‘tarib, urib jazolash emas balki foydali ish bilan jazolash kerak. Misol uchun, qolganlarga qaraganda ko‘proq uy vazifasini berish mumkin, darslardan keyin qo‘shimcha ishlarni bajarish uchun qoldirish. Bolalar o‘z harakatlari va so‘zlari uchun javobgar ekanligini tushunishlari uchun jazo foydali va ibratli bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga yoshligidanoq yaxshi ishlar qadrlanishini, yomon ishlar esa jazolanishini o‘rgatish lozim. Ammo axloq-odob qoidalarini buzmagan holda.

Pedagogik mahorat sirlari bakalavrlikdan o‘rgatiladi

Bugungi kunda oliy ta’limda o‘qiyotgan bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik mahorat darslari tashkil qilingan bo‘lib, unda bakalavrlarga o‘quvchilar bilan qanday muomala qilish, ularning xulq-atvorini o‘rganish, nizoli vaziyatlarda to‘g‘ri tarbiya berish va o‘quvchilarning ota-onalari bilan yaxshi munosabat o‘rnatish kabilar vazifalar o‘rgatiladi. Albatta, bularni nazariy o‘rganish kamlik qilishi mumkin. Biroq, amaliyot o‘tash vaqtida bolalarning fe’l atvorlarini o‘rganib ularga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini amalda sinab ko‘rish kichik bo‘lsa-da tajriba bo‘ladi.

Bola tarbiyasiga o‘qituvchi ham ota-ona ham birdek mas’ul

O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarda har doim ham o‘qituvchilar aybdor bo‘lavermaydi. Bunday vaziyatlarga ba’zida o‘quvchilar ham sabab bo‘ladi. Og‘ir fe’l-atvorli o‘quvchilar bilan ishlash oson emas biroq. Ularning bunday munosabatiga oiladagi muhit ham ta’sir ko‘rsatadi. Oilada sog‘lom muhit bo‘lmas ekanda, maktabda olinayotgan ta’lim va tarbiyaning samarasi bo‘lmaydi. Pedagoglar bunday bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlar o‘tkazishi lozim. Zero, ota-onalar va ustozlar orasidagi ijobiy hamkorlik farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi.

Ota-onalar majlisida nimalar haqida suhbatlashiladi?

Tadqiqot davomida o‘qituvchilar ota-onalar bilan o‘smirlarning tarbiyasi va xulq-atvori, muammolaridan ko‘ra ko‘proq tashkiliy masalalarda suhbatlashishi namoyon bo‘ldi.

Hozirda ota-onalar majlisida, asosan, qo‘shimcha pul yig‘imlari (87%), bolalarning o‘zlashtirish darajasi (60%), qo‘shimcha to‘garaklar faoliyati (45%) muhokama qilinayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda o‘smirlar tarbiyasidagi muammolar (25%), o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlar (11%), o‘tish davri muammolari (11%) va o‘quvchilar salomatligi (5%) masalalariga urg‘u berilyapti.

O‘zlashtirishning muvaffaqiyati nimaga bog‘liq?

Ta’lim inson sotsializatsiyasining oiladan keyingi asosiy agenti hisoblanadi. O‘smirlarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini qaror toptirishda ta’lim dargohlarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi turli ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy va hokazo. masalalarga aloqador muammolar ta’lim sifati, undagi kadrlar sifati hamda samarali ishlash darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:

1. Ta’lim mazmuniga;

2. O‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligiga;

3. Ta’lim metodikalarining takomillashganligiga;

4. O‘qituvchi mahoratiga;

5. O‘quvchining individual psixologik xususiyatlariga.

Maktablarga malakali kadrlar yetishmaydi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 10 130 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning 2730 tasi shaharlarda, 7 408 tasi esa qishloqlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 6 246 491 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat sanaladi. Shuning uchun maktablarda ta’lim yettita tilda olib boriladi. Xususan, o‘zbek tilida ta’lim beradigan maktablar bilan bir qatorda (8 227 ta maktab) 245 ta qoraqalpoq tilida, 143 ta qozoq tilida, 92 ta tojik tilida, 88 ta rus tilida, 23 ta turkman tilida, shuningdek, 21 ta qirg‘iz tilida ta’lim beradigan maktablar mavjud.

Maktablarda jami 502 867 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 343 961 nafarini ayollar, qolgan 158 726 nafarini erkaklar tashkil etadi.

Maktab o‘qituvchilarining 26 929 nafari oliy toifaga, 74 703 nafari birinchi toifaga, 118 478 nafari ikkinchi toifaga ega bo‘lib, 282 577 nafar o‘qituvchilar tegishli toifalarga ega emas.