$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

6 oyda 33 378 nafar shaxsning ekologik huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlandi

Eco

6 oyda 33 mingdan ortiq shaxs atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini buzdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

28,5 mlrd. so‘m undirildi

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 33 378 nafar shaxs aniqlandi. Qonunbuzarlarga 35.5 mlrd. so‘m ma’muriy jarima va yetkazilgan zararlar hisoblanib, 28,5 mlrd. so‘m undirildi. 

Mingdan ortiq korxona va 80 mingdan ortiq fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. 75 ta holat bo‘yicha 160,6 mlrd. so‘mlik da’volar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha materiallar prokuratura organlariga taqdim etildi, shundan 38 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Reyd va profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi

Joriy yil yakuniga qadar Ekologiya nazorat ishlarini amalga oshirish borasida huquqni muhofaza qilish organlar bilan birgalikda 1 000 dan ortiq reyd tadbirlari amalga oshiriladi. 

50 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarda hamda aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari olib boriladi. 

Toza havo uchun

Shuningdek, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi I-IV toifaga mansub 11 296 ta (prognozga nisbatan – 107 %) obyekt davlat ekologik ekspertizadan o‘tkazildi. 

“Toza havo” oyligi tadbiri davomida 205 mingta (102 %) avtotransport vositasi ekologik nazoratdan o‘tkazildi. 52 ta yirik sanoat korxonasida chang-gaz tutib qolish uskunalari o‘rnatildi va mavjudlari modernizatsiya qilindi. 

Toshkent shahrida joriy yilning 29-mart, 24-aprel, 22-may, 26-iyun, 24-iyul va 28-avgust kunlari “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkazildi. 

“Toza havo” oyligining II bosqichida jami 200 ming dona avtotransport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkaziladi.