$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxt havosini nimalar buzyapti?

Poytaxt havosi

Jahon banki, Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlikda poytaxt havosida mayda RM-2.5 dispers zarrachalarini tashkil etuvchi ifloslanish manbalari hisobotini taqdim etdi.

Chiqindi ulishi 1% 

Qiziqarlisi, unda poytaxt havosi ifloslanishida bizga "ekologiya" deb tushuntirib kelinayotgan chiqindi manbasi ulushi atigi 1% ni tashkil etgan. Toshkent havosini yil davomida asosiy ifloslantiruvchi manba — shamol tufayli ko‘tariladigan tabiiy chang (36%) omili hamda issiqlik manbasi tashlamalari bo‘lib chiqqan (29%). 2023-yil poytaxt havosida RM-2.5-mayda dispers zarrachalari bilan bog‘liq zararli ifloslanishlar oktyabr oyidan, "kuchliroq" ifloslanishlar dekabrdan boshlab, yanvar oyida yil davomida eng yuqori ifloslanishga yetgan. Birgina yanvarda 19 kun davomida poytaxt havosi eng yuqori zararli ifloslanish "iskanjasida" bo‘lgan (https://t.me/uzb_meteo/14434). 

Havosi sifat darajasini barqaror holatga olib kelish choralari

Iqlimshunos Erkin Abduahatov taqdimotga munosabat bildirar ekan, mazkur ifloslanishlar ob—havo muhiti ya’ni antitsiklonal jarayoni hukmron bo‘lgan muddatlarga to‘g‘ri kelgan (eslasangiz o‘shanda qariyb yarim oy anomal sovuq bo‘lgan edi), deb yozadi o‘z sahifasida. U hisobotdan kelib chiqib, poytaxt havosi sifat darajasini barqaror holatga olib kelish uchun qilinishi kerak bo‘lgan u tavsiyani yozib qoldiradi. Bular:

birinchi navbatda, poytaxt va uning atrofida chang massalarini ko‘tarilib, havoda muallaq turib qolishi oldini olishda qo‘shni Qozog‘iston bilan hamkorlik chora -tadbirlariga kuch berish;

ikkinchi navbatda, issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik manbalari, issiqxona mo‘rilarida gaz-chang tozalovchi filtrlash mexanizmlar shaffof tizimini yaratish;

uchinchi navbatda, yil davomida deyarli bir xil havoni ifloslantirish ta’siriga ega avtomobil sektorida jozibador, yashil eko tamoyillarga yo‘g‘rilgan transport tarmog‘ini yaratishga kuchni berish.