$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda noqonuniy daraxt kesish orqali tabiatga qariyb 270 millionlik zarar yetkazildi

Bolta

Samarqandda noqonuniy daraxtlarni kesish orqali tabiatga 269 620 000 so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qurilish uchun nobud bo‘lgan 31 tup daraxt

Samarqand shahar “Bog‘imaydon” MFYda joylashgan 16-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurish va hududda qayta qurilish ishlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ tomonidan ta’lim tashkiloti hududida mavjud jami 31 tup shundan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qaroriga asosan qimmatbaho navlari ro‘yxatiga kiritilgan 30 tup diametri 6,6 sm.dan 24,5 sm.gacha bo‘lgan Eldor qarag‘ayi (Pinus yeldarica) va 1 tup diametri 27,0 sm. bo‘lgan kam qimmatli Terak daraxtlarini noqonuniy ravishda qurilishi rejalashtirilgan binoni qurish ishlarini boshlash uchun binoning yer osti qismini qazish vaqtida (kotlovan) kesib tashlaganligi va ildizlarini yo‘q qilganligi holati aniqlangan.

Aybdor shaxslar tegishli jazolandi

Olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 260 620 000 so‘m zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.