$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Belgilanmagan hududga chiqindi tashlagan fuqarolarga chora koʻrildi

eco

Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarliklar aniqlandi. 

Holatlar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi. 

Xususan, viloyatning Qibray tumani Arg‘un MFY hududida fuqarolar X.I., M.Y. va A.B. belgilanmagan hududga chiqindi tashlab, huquqbuzarlik sodir etishgan.

Tegishli chora koʻrildi

Ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91.1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.  

Endi barcha hududlarda onlayn kameralar oʻrnatiladi

Onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

Ma'lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralarini respublikamizning barcha hududlariga o‘rnatish rejalashtirilgan.

Chiqindi tashlash boʻyicha javobgarlik mavjud 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash fuqarolarga 1–3 BHM (340 mingdan 1 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 3–5 BHM (1 mlndan 1,7 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi. Avvalroq Jizzaxda togʻli hududga aholi tomonidan tashlab ketilayotgan chiqindilar borasida tushuntirish ishlari olib borilgan boʻlsa, yaqinda Qoʻqonda soyga chiqindi tashlagan qoidabuzar tegishli jarimaga tortilgan edi.