$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Daraxtkushning jazosi ta’minlandi: Samarqandda daraxt kesgan qoidabuzar 9 million so‘mdan ziyod jarima to‘laydigan bo‘ldi

Bolta

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Narpay tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq reyd o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida fuqaro U.I. tumanning Islomobod mahallasidagi joylashgan 6-sonli davlat MTM hududidagi sog‘lom terakni kesib tashlaganligi ma’lum bo‘ldi. 

Jazosi ta’minlandi

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan 1 mln. 20 ming so‘m zarar va BHMning 25 baravari, ya’ni, 8 mln. 500 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan

Qonun nima deydi?

Ma’lumot uchun, daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan qo‘porish, shikastlash, yo‘q qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish tegishli ruxsatnomasiz qat’iyan man etiladi. Qoida buzilgan holatda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi uchun jarima belgilangan: jismoniy shaxslarga — BHM 5−10 baravaridan (1,7−3,4 mln. so‘m) 25−50 baravarga (8,5−17 mln. so‘m), mansabdor shaxslar uchun — BHM 10−15 baravaridan (3,4−5,1 mln. so‘m) 50−75 baravarigacha (17−25,5 mln. so‘m). Ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan xuddi shunday huquqbuzarliklar uchun (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 2-qismi) fuqarolar uchun jarima miqdori 10−20 baravaridan 50−75 baravarigacha (17−25,5 mln. so‘m) oshiriladi. Mansabdor shaxslarga — ma’muriy huquqbuzarlik quroli yoki bevosita predmeti musodara qilingan holda 20−30 baravaridan 75−100 baravarigacha (25,5−34,0 mln. so‘m) miqdorida jarima solinadi. Bundan tashqari, ushbu qoidabuzarlik uchun jazolar ro‘yxatiga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘shiladi.

Bu birinchisi emas, oxirgisi ham bo‘lmaydi

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan daraxt kesish holatlariga oid reydlar o‘tkazilib, huquqbuzarlarga munosib jazo berib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning o‘zida Qashqadaryoda mayda shoxli mollarni daraxt ko‘chatlari orasiga haydab ko‘chatlarni shikastlagani uchun fuqaro 17 mln. so‘m miqdorda jarimaga tortilgandi. (https://gov.uz/eco/news/view/11278/) Samarqandda reyd tadbiri natijasida archa daraxtlarini kesgan fuqaroga har bir archa tupi uchun 10 mln. so‘mdan jarima belgilangan. Farg‘onadagi daraxt qotili esa 45 mln. so‘m tovon to‘lab, 100 tup daraxt ekishi belgilangandi.