$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kislorod taqchilligi boshlandi

Bahor oylarida havo haroratining ko‘tarilib borishi havo tarkibidagi kislorodning kamayishiga, atmosfera bosimining pasayishi surunkali kislorod yetishmovchiligi, arterial gipoteniya, yurakning ishemik xastaligi, nafas olish o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga salbiy ta’sirlar mavjud.

Kislorod kamayib, azot miqdori ortmoqda

Mutaxassis fikriga ko‘ra, ayniqsa, yirik shaharlar, yashil fitomassa, sun’iy suv obyektlaridan holi yirik tekislik shaharlarda bu yanada kuchli seziladi. Tog‘ etaklari, yashil qoplamalar, ko‘plab suv obyektlari atrofidagi hududlarda bu kabi holat kuzatilmaydi hisob. Havaskor tadqiqotchilarimizdan biri, 29-may kuni poytaxtda havo tarkibidagi kislorod o‘lchanganda miqdor 19,5% dan pasayib ketgan, aksincha havoda azot miqdori sezilarli ortgani aniqlangan. 

Nima uchun bunday bo‘lmoqda?

Kislorod yetishmovchiligi kishilarning to‘yib uxlamasligida yaqqol ko‘rinadi. Ayni ko‘klamda poytaxtda kislorod yetishmovchiligi iqlimiy omil, sun’iy suv obyektlarining kamligi sabab ro‘y bermoqda. Buning uchun sun’iy suv obyektlarida xlorella kabi suv o‘tlarini ko‘paytirish vaziyatni birmuncha yumshatadi. Kelgusida poytaxt va yirik shaharlarda ham Argentinaning yirik shaharlaridagi kabi havo tarkibidagi karbonat angidridni yutib, doimiy kislorod ishlab chiqaradigan qurilmalar o‘rnatishga ehtiyoj oshib boraveradi. 

Qanday tavsiyalar berilmoqda?

Yuqoridagi xastalikka moyil aholi qatlami shifokor bilan maslahatlashib, nafas olish mashqlarini bajarishi, nisbatan sovuq suv muolajalarini qabul qilishi, yurak-qon tomir faoliyatini rostlovchi dori darmonlarni iste’mol qilishi tavsiya etiladi. Nisbatan salqin joylarda yurish, kuchli zo‘riqish, aqliy mehnatlarni kuchaytirish tavsiya etilmaydi.