$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yil dunyo daryolari uchun eng qurg‘oqchilik yili bo‘ldi, — ekspertlar

qurg

Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil so‘nggi 30 yil ichida dunyodagi daryolar uchun eng qurg‘oqchilik yili bo‘ldi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida qayd etildi. https://library.wmo.int/records/item/69033-state-of-global-water-resources-report-2023

5 ta daryodagi suv sathining pastlashi

JMT o‘tgan yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lganini eslab o‘tdi. Issiq harorat va keng tarqalgan quruq sharoitlar uzoq davom etadigan qurg‘oqchilikka sabab bo‘ldi. Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika hududlarida daryolar oqimi past bo‘ldi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Amazon va Missisipi daryolarida suv sathi rekord darajada past bo‘lgan. Osiyo va Okeaniyadagi Gang, Brahmaputra va Mekongning yirik daryo havzalarida ham xuddi shunday holat kuzatilgan.

Ekstremal gidrologik hodisalarning yuzaga kelish sababi

Ekstremal gidrologik hodisalarga tabiiy iqlim sharoiti - 2023-yil o‘rtalarida La-Ninyadan El-Ninyoga o‘tish, shuningdek, inson tomonidan qo‘zg‘atilgan iqlim o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatdi.

“Biz odamlarning hayoti, ekotizimlari va iqtisodiyotiga katta zarar yetkazayotgan kuchli yog‘ingarchilik, toshqin va qurg‘oqchilik ko‘rinishidagi qayg‘u signallarini olyapmiz. Muz va muzliklarning erishi millionlab odamlar uchun uzoq muddatli suv xavfsizligiga tahdid solmoqda. Va shunga qaramay, biz zarur shoshilinch choralarni ko‘rmayapmiz. Haroratning ko‘tarilishi natijasida gidrologik sikl tezlashdi. Bundan tashqari, bu tartibsiz va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi va biz juda ko‘p yoki juda kam suv bilan bog‘liq tobora ortib borayotgan muammolarga duch kelmoqdamiz. Issiqroq atmosfera ko‘proq namlikni ushlab turadi, bu esa kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Tuproqlarning tezroq bug‘lanishi va qurib ketishi qurg‘oqchilik sharoitini yomonlashtirmoqda”, - dedi JMT bosh kotibi Selest Saulo.