$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini sotishga qanday javobgarlik bor?

dorixona dori

Dorixonalarda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilarni sotish holatlari ham yo‘q emas. Xo‘sh bu holatga doir biror chora-tadbir bormi? Ushbu savollarga Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi bo‘lim boshlig‘i Shoira Nazarova javob berdi.

Yaroqsiz dori sotganlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasida: “Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum” deb ta’rif berilgan.

Sifatsiz dori vositalarini sotganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. 

Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 165¹-moddasiga muvofiq, sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibi mavjud

Shu bilan birga agar bunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘ladi.

"Respublikamiz hududida dori vositalarini realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlardan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolaman," - deydi mutaxassis.
Теги :
Жамият