$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Stenford olimlari OITSni davolashda yangi dori kashf qilishdi

dori

EBC-46, boshqa nomi bilan tigilanol tiglat Avstraliyaning shimoliy-sharqida o‘sadigan Fontainea picrosperma daraxti mevalaridan olinadi. Mazkur modda protein kinaza C (PKC) fermenti bilan bog‘lanib, OITS, saraton va boshqa kasalliklar bilan bog‘liq hujayra jarayonlariga ta’sir qiladi. Tadqiqot natijalari uning OITS yashirin hujayralarini faollashtirib, virusni davolash uchun zaif holga keltirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Bu haqdagi tadqiqot “Science Advances” ilmiy jurnalida chop etilgan. https://www.science.org/doi/10.1126/sciadv.ads1911

 Yangi dori qanday ishlaydi?

EBC-46 moddasining OITS yashirin hujayralariga ta’siri sinovdan o‘tkazildi. Olimlar moddaning 15 xil analogini tadqiq qilib, ba’zi analoglarning 90 foizgacha yashirin hujayralarni faollashtirganini aniqladi. Bu ko‘rsatkich ilgari eng kuchli vosita hisoblangan briostatindan to‘rt baravar samaraliroq ekanligini ko‘rsatdi.

Ilgari EBC-46 AQShda yumshoq to‘qima sarkomasini davolash uchun tasdiqlangan va itlardagi o‘simtalarni bartaraf etishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Bu esa uning nafaqat saratonga, balki boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi kurashda ham samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Keyingi tadqiqotlar rejasi

EBC-46 moddasining OITSga qarshi samaradorligini yanada chuqur o‘rganish uchun tadqiqotlarning navbatdagi bosqichi hayvonlar ustida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, klinik sinovlar orqali odamlar ustida tajribalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Umidbaxsh dori

EBC-46 moddasining yuqori samaradorligi va keng qo‘llanish imkoniyatlari OITSga chalingan bemorlar uchun yangi davolash umidini uyg‘otmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, bu dori nafaqat OITSni, balki boshqa murakkab virusli kasalliklarni ham davolashda asosiy vosita bo‘lishi mumkin.

1,3 million odam kasallik bilan kurashmoqda

Maʼlumot uchun, 2020-yilda dunyo bo'ylab taxminan 1,5 million kishi OIV bilan kasallangan. Shu yili OITS bilan bog'liq kasalliklardan 680 mingga yaqin odam vafot etgan. 2022-yilda esa 1,3 million yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan va 630 ming odam OIV bilan bog'liq sabablarga ko'ra vafot etgan.