$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

9 oyda 6 nafar sportchi doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi

doping

Joriy yilning to‘qqiz oyida 11 nafar sportchiga antidoping qoidabuzarliklari bo‘yicha ogohlantirish berildi va taqiqlangan modda aniqlangan 6 nafar sportchiga diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan Milliy antidoping agentligi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

38 mingdan ortiq taqiqlangan moddalar

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan dori vositalarini tekshirish platformasi – https://dori-uznada.uz ga tarkibida taqiqlangan substansiyalar tutuvchi 38 000 turdagi dori vositalari, ularning tijoriy nomlari va ushbu dori vositalariga tegishli muhim ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

6 nafar sportchi uchun istisno

Terapevtik istisnolar bo‘limiga sportchilar tomonidan sportda taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik istisno tarzida foydalanish bo‘yicha topshirilgan 6 ta ariza ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi. 6 nafar o‘zbek sportchilariga taqiqlangan moddalardan terapevtik maqsadda foydalanish uchun ruxsat berildi.

Jazo muddati tugagan sportchilarga yordam ko‘rsatilmoqda

Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilda tizimga 198 nafar sportchilar ro‘yxatdan o‘tkazildi va monitoring qilib borilmoqda. Bugungi kungi kelib, 11 nafariga ogohlantirish berildi va taqiqlangan modda aniqlangan 6 nafar sportchiga diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanildi. Shundan 2 nafar sportchida surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Antidoping qoidabuzarligi jazosi muddati tugagan 2 nafar sportchilarga sportga qaytishda antidoping qoidabuzarliklari bo‘yicha amaliy yordam kursatildi.

Теги :
Jamiyat