$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Inson tana a’zolarini ko'chirib o'tkazishga doir qonun tasdiqlandi

donor

Inson tana a’zolarini ko'chirib o'tkazishga doir qonun tasdiqlandi

Bu qonun inson a’zolari yoki to‘qimalarini O‘zbekiston hududida tashish, saqlash, olib kirishga hamda ko'chirib o'tkazishga doir ishlarni tartibga soladi.

Qonunning qisqa mazmuni

"Inson a’zolari yoki to‘qimalarini translatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar mahkamasining 333-sonli qarori qabul qilindi.

Bu qonun O‘zbekiston hududiga inson a’zolari bojxonadan olib kirish, tashish, saqlash hamda ularning translatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari o‘rtasida taqsimlashni tartibga soladi.

Qonun o‘sha olib kirilayotgan a’zo, to‘qima yoki tirik donor bilan ishlash hamda uni saqlash muddati haqida tushuncha beradi.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan a’zolar ro‘yxati

Translatsiya bo‘lishi mumkin bo‘lgan tirik donor yoki inson murdasidan olinadigan a’zo va to‘qimalar ro‘yxatiga buyrak, jigar va jigar bo‘lagi kiritilgan. 

To‘qimalarga esa gemopoetik suyak ko‘migining o‘zak hujayralari, yirik tomir qismlari hamda ko‘z shox pardasi va uning qismlari.

Translatsiya amalga oshirish huquqi

Inson a’zolarini va to‘qimalarini olish yoki translatsiya qilish, oldi-sotdi bilan shug‘ullanish jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqiqlangan bo‘lib, bunday harakatlarni faqatgina Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha tibbiyot muassasalarigina amalga oshiradi.

Tirik donor bilan qanday ish ko‘riladi?

Tirik donor a’zolari yoki to‘qimalarini retsipiyentga translatsiya qilish uchun olishdan avval 30 kun avvalroq bu amaliyotdan keyin uning sog‘ligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida yozma va video shaklida ogohlantirilgan bo‘lishi shart.

Donor har tomonlama tibbiy tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi hamda undan donor sifatida foydalanish mumkinligi haqida shifokor xulosasi mavjud bo‘lishi kerak.

Barcha holatlarda bojxona orqali amalga oshiriladigan ishlar davomida IIV va Bojxona qo‘mitasi 10 kun ichida kelib tushgan taqdimnomani ko‘rib chiqadi hamda tegishli ruxsatnoma beriladi yo rad etiladi.

Mazkur holatlarning barchasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo'mitasi o'rtasida elektron shaklda amalga oshiriladi.

Теги :
Jamiyat