$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Muhim ma’lumot: Diyeta qilishda yashash hududini hisobga olish kerak

diyeta

Xitoylik olimlar diyetani tanlashda yashash hududini hisobga olishni maslahat berishmoqda. Aytilishicha, semizlik va u bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘payishi ko‘p hollarda turli mamlakatlar va ularning ovqatlanish odatlari bilan bog’liq.

Mahalliy oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish muhim

Ma’lum qilinishicha, Xitoy olimlari yashash hududiga qarab diyetani shakllantirishni tavsiya qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu semizlik va u bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘payishi sharoitida mamlakatda ovqatlanish odatlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, mahalliy oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish tabiiy resurslarni saqlashga yordam beradi.

Shuningdek, Xitoy semirishni tashxislash va davolashni standartlashtirish bo‘yicha birinchi ko‘rsatmalarini e’lon qildi. Mamlakatda katta yoshli aholining yarmidan ko‘pi allaqachon ortiqcha vaznga ega yoki semizlikdan aziyat chekadi. Bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etishi kutilmoqda. Hukumat semizlikni davolash va oldini olishda sog‘lom ovqatlanish muhimligini ta’kidladi.

Sut va go‘sht mahsulotlari iste’molini kamaytirish kerak

Guanchjoudagi Sun Yat-sen universiteti jamoasi o‘z tadqiqotida “sayyoraviy salomatlik diyetasi” tamoyillariga amal qilish, sut mahsulotlari va qizil go‘sht iste’molini kamaytirish tarafdori ekanini aytdi. Tadqiqot Nature Food jurnalida chop etilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, shimoliy Xitoyda yashovchi, ko‘p miqdorda sut mahsulotlarini iste’mol qiladigan va sabzavotlarni kam iste’mol qiladigan odamlar o‘z ratsioniga ko‘proq meva va don mahsulotlarini kiritishlari kerak.

Sharq mamlakatlari ratsioniga don va dengiz mahsulotlarini kiritishi shart

Tadqiqotda aytilishicha, iqlimi qattiqroq va suv tanqis bo‘lgan janubi-g‘arbiy hududlarda odamlar dukkaklilar va sabzavotlarni afzal ko‘rishlari va qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilmasliklari kerak.

Shuning bilan birga, o‘zining unumdor yerlari bilan mashhur bo‘lgan sharqda aholiga ko‘proq don, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.