$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda 994 ta korxona tomonidan jami 5,78 trillion so‘m dividendlar to‘langan

dividend

2024-yilda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlar tahlil qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan yilda 994 ta korxona tomonidan jami 5,78 trillion so‘m dividendlar to‘langan.

“O‘zaeronavigatsiya markazi” eng kam dividend to‘lagan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi ochiq eʼlon qilgan maʼlumotlar asosida davlat ishtirokidagi korxonalarning 2024-yilda to‘lagan dividendlari tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur davrda 994 ta korxona tomonidan jami 5,78 trillion so‘m dividendlar to‘langan.

Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar:

1. “Navoiyuran” DK - 2.050,1 mlrd. so‘m

2. “O‘zavtosanoat” AJ - 870,7 mlrd. so‘m

3. “O‘zmilliy bank” AJ - 452,5 mlrd. so‘m

4. “O‘zbekneftgaz” AJ - 419,9 mlrd. so‘m

5. “Navoiyazot” AJ - 288,8 mlrd. so‘m

6. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 282,5 mlrd. so‘m

7. “Uzbekistan airways” AJ - 212,6 mlrd. so‘m

8. “O`zkimyosanoat” AJ - 134,2 mlrd. so‘m

9. “Uzauto motors” AJ - 116,6 mlrd. so‘m

10.“O`zaeronavigatsiya markazi” DUK - 107,3 mlrd. so‘m

Mazkur qo‘mita tomonidan o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha eʼlon qilingan TOP-20 (https://soliq.uz/press-services/news/show/-ta-yirik-soliq-tolovchilar--trln-somdan-ortiq-soliq-tolagan-2?lang=latn) yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga ko‘ra, davlat ulushi mavjud 10 ta korxona 54,1 trln so‘m soliq to‘lagan. 

Jumladan, yuqoridagi ro‘yxatdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 24,1 trln so‘m, “Navoiyuran” DK 3,9 trln so‘m, “Uzauto motors” AJ 3,2 trln so‘m, “O‘zmilliy bank” AJ 1,1 trln so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

O‘tgan yilda 262 ta bozor 18,1 mlrd. so‘m dividend to‘lagan

Shu kabi davlat ulushi mavjud bo‘lgan 262 ta bozor tomonidan 18,1 mlrd. so‘m dividend to‘langan.

Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar (bozorlar):

1. “Iste'molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MCHJ - 5.466,2 mln so‘m

2. “Aviasozlar dehqon bozori” AJ - 1.377,4 mln. so‘m

3. “Qo`yliq dehqon bozori” AJ - 926,2 mln. so‘m

4. “Farhod dehqon bozori” AJ - 786,2 mln. so‘m

5. “Yunusobod dehqon bozori” AJ - 767,7 mln. so‘m

6. “Mirobod dehqon bozori” AJ - 725,8 mln. so‘m

7. “Eski-juva dehqon bozori” AJ - 631,0 mln. so‘m

8. “Navro‘z dehqon bozori” AJ - 587,8 mln. so‘m

9. “Buxoro markaziy dehqon bozori” AJ - 450,9 mln. so‘m

10. “Toshkent qishloq xo`jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ - 367,5 mln. so‘m

Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.