$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Onlayn firibgarlikka qarshi sun’iy intellektga asoslangan yangi qurilma yaratildi

Deyzi

Britaniyaning Virgin Media O2 kompaniyasi telefon firibgarlariga qarshi kurashish uchun sun’iy intellektga asoslangan yangi vositani ishlab chiqdi.

 Deyzi — neyro-buvi

Ma’lum qilinishicha, “Daisy” deb nomlangan ushbu AI vosita qariya ayolning ovozidan foydalanib, firibgarlarni chalg‘itish va ularni 40 daqiqagacha liniyada ushlab turishga muvaffaq bo‘ladi. Bu vaqt mobaynida Deyzi turli hikoyalarni aytib, soxta shaxsiy ma’lumotlar va bank rekvizitlarini taqdim qiladi.

Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki jahonda har yetti odamdan beshtasi firibgarlarga qarshi kurashishni istaydi, lekin bunga vaqt sarflashni xohlamaydi. Kompaniya skembeyter (telefon firibgarlariga qarshi kurashuvchi shaxs/vosita)larning yordamida firibgarlarning e’tiborini haqiqiy mijozlardan burish uchun ularni Deyzi bilan muloqotga jalb qildi.

Qurilma onlayn qonunbuzarlikning taktikalarini fosh qiladi

Virgin Media O2 kompaniyasining firibgarlikka qarshi direktori Myurrey Makkenzi shunday deydi: “Biz firibgarlarga qarshi kurashda hissa qo‘shishga tayyormiz. Deyzi ularni o‘z yomon o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchratib, vaqti-vaqti bilan qonunbuzarlarning taktikalarini fosh qiladi. Shundan kelib chiqib, mijozlarimizga o‘z xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha yordam ko‘rsatamiz”.

Shuning bilan birga, ushbu yangilik Virgin Media O2’ning Swerve the Scammers kampaniyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, Xalqaro firibgarlikka qarshi kurash haftasi oldidan faollashtirilgan. Kompaniya shubhali qo‘ng‘iroqlar va SMS xabarlarni 7726 raqamiga yo‘llash orqali iste’molchilarni o‘z hissalarini qo‘shishga chorladi.