$
 12957.00
16.56
 13345.71
9.29
 127.77
0.92
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryoda Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik ishga tushirildi

denov ko

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida xalqaro ahamiyatga ega yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda OzA. Uzunligi 300 metr bo‘lgan ushbu ko‘prik M41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lini 4Р108 “Denov aylama yo‘li” bilan bog‘laydi.

Regional integratsiya uchun yangi imkoniyatlar

Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaradosh hududda joylashgan Surxondaryo viloyati geografik jihatdan Markaziy Osiyodagi muhim transport chorrahalaridan biri hisoblanadi. Yangi ko‘prik nafaqat mahalliy aholi uchun qulaylik yaratadi, balki mintaqaning transport infratuzilmasini tubdan yaxshilaydi. Bu yo‘ldagi tirbandlik muammolarini hal qilib, yuk va yo‘lovchi tashish vaqtini qisqartiradi.

Ushbu ulkan inshootning qurilishi Prezidentning 2018-yil 29-martdagi “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash” to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshirildi. Loyiha qiymati 81,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Ko‘prikning uzunligi 300 metr, kengligi 21 metr, ikki tomonlama yo‘lning umumiy uzunligi 1200 metr. Murakkab inshootni qurib, ishga tushirish uchun “Ko‘prikqurilish” aksiyadorlik jamiyati 6 ming 240 metr -kub beton, 35 ming metr- kub yer ishlarini amalga oshirdi. 30 dona temir-beton ustun, to‘rt turdagi 156 dona temir-beton to‘sin o‘rnatildi.

Tirbandlik muammosiga yechim

Denov tumanidagi ushbu yo‘l nafaqat ichki mintaqalar o‘rtasida transport harakatini tezlashtiradi, balki xalqaro yuk tashish tizimi uchun qulay sharoit yaratadi.

Hozirga qadar tirbandlik va boshqa transport muammolari tufayli mahalliy aholining transport aloqalari cheklangan edi. Yangi ko‘prik esa ushbu muammolarga yechim bo‘lib, fuqarolarning harakatlanishini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Denovdagi ko‘prikning ochilishi Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi transport oqimlarini kengaytirishi kutilmoqda.