$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xususiy sektorda band bo‘lgan ayollarga “dekret puli” to‘lab berish hajmi kamaymoqda

dekret

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, xususiy sektorda band bo‘lgan jami 11 766 nafar ayolga 29 mlrd. 335 mln. so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Hududlar kesimidagi vaziyat

Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Toshkent (2 661), Farg‘ona (1 071) va Navoiy (1 065) ayollariga to‘lab berilgan. Eng kam mablag‘ to‘langan hududlar ichida esa Sirdaryo (166), Buxoro (204) va Surxondaryo (314) viloyatlari mavjud.

Miqdor kamaygan

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 9 oyida xususiy sektorda ishlovchi 12 ming nafar belgilangan mezonlarga mos bo‘lgan ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tayinlangan va 24,6 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Mezonlar qanday?

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab xususiy sektorda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan to‘lash tizimi joriy etildi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibiga muvofiq, ushbu nafaqa “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv” shaklda tayinlanadi.

Unga ko‘ra, nafaqani tayinlash uchun:

  • homilador ayolning xususiy sektorda ishlashi;
  • uzluksiz 6 oy ish stajiga ega ekanligi;
  • mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjudligi mezon sifatida belgilangan.

Nafaqa miqdori qancha?

Nafaqa miqdori minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravarini tashkil etadi. Mazkur nafaqa Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga tibbiyot muassasasining IT hamshirasi tomonidan homilador ayolning maʼlumotlari (mehnatga layoqatsizlik varaqasi) kiritilganidan so‘ng elektron maʼlumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tayinlanadi. 

Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ayolning ish stajini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarini Soliq qo‘mitasining maʼlumotlar bazasi orqali avtomatik ravishda aniqlaydi.

Mezonlarga muvofiq deb topilgan ayollarga nafaqa Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan AT “Xalq banki” orqali to‘lanadi.

Теги :
Iqtisodiyot