$
 12102.39
-33.37
 13990.36
-77.41
 153.08
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

1 300 ga yaqin tobut: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarda vafot etmoqda?

Yuk 200

Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari uchun xorij safari nafaqat daromad manbai, balki ko‘p hollarda kutilmagan fojia va hayot bilan vidolashuv nuqtasiga aylanmoqda. So‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasidan vataniga qaytayotgan “200-yuk”lar soni mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston uchun og‘riqli nuqta bo‘lib qolmoqda.

Tojikiston: Aeroportlardagi g‘amgin statistika

2025-yil davomida Tojikistonning asosiy havo darvozalari — Dushanbe xalqaro aeroportiga chet eldan 1585 ta tobut olib kelindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 430 taga ko‘pdir. Rasmiy ma’lumotlarda o‘lim holatlari sodir bo‘lgan aniq davlatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, mutaxassislar ularning aksariyati millionlab tojikistonliklar mehnat qilayotgan Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda.

Fojialar sababi turlicha: gazdan zaharlanish, yo‘l-transport hodisalari va hattoki etnik nafrat zaminidagi jinoyatlar. Masalan, 2025-yilning dekabrida Moskva viloyatida 10 yoshli tojikistonlik bolaning o‘ldirilishi jamiyatda katta rezonans uyg‘otdi. Shuningdek, o‘tgan yili Ko‘lob aeroporti orqali ham yana 38 ta tobut vataniga yetkazilgan.

O‘zbekistonliklar vafot etayotgan davlatlar qatorida ham Rossiya yetakchi

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan bog‘liq vaziyat ham Tojikistondagidan qolishmaydi. Adliya vazirligining UZ24.uz tahririyatiga ma'lum qilishicha, 2025-yil davomida O‘zbekistondagi FHDY bo‘limlari hamda respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq jami 1 298 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Rasmiy statistika shuni ko‘rsatadiki, o‘zbekistonliklar o‘limi eng ko‘p qayd etilgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya Federatsiyasi mutlaq yetakchilik qilmoqda:

Dinamika va o‘lim sabablari: Vaziyat o‘nglanyaptimi?

O‘zbekistonliklar bilan bog‘liq raqamlar dinamikasi xavotirli tus olgan. Agar 2020-yilda Rossiyadan 211 nafar fuqaroning jasadi olib kelingan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 474 taga yetgan edi. 2025-yilgi 610 ta holat esa Rossiyadagi o‘zbekistonliklar o‘limi soni ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘lim sabablari orasida yo‘l-transport hodisalari yetakchi o‘rinni egallaydi. 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zbekistonliklar ishtirokida 827 ta YTH sodir bo‘lgan. Garchi bu 2024-yilga nisbatan 18 foizga kamroq bo‘lsa-da, qurbonlar soni hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, 2025-yil mart oyida Permda yuz bergan birgina halokat uch nafar o‘zbekistonlikning hayotiga zomin bo‘ldi.

Fojialar faqatgina texnik xatolar emas, balki huquq-tartibot organlari va jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar oqibatida ham kelib chiqmoqda. 2025-yil 12-dekabrda Xabarovskdagi kafelardan birida o‘tkazilgan reyd davomida politsiya tomonidan kaltaklangan o‘zbekistonliklardan birining vafoti bunga yaqqol misoldir.

Xavfsizlikni ta’minlash dolzarb bo‘lib qolmoqda

Raqamlar ortida inson taqdirlari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va yetim qolgan bolalar turibdi. Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan 1 298 nafar marhum haqidagi ma’lumot xorijdagi fuqarolarimizning xavfsizligi va huquqiy himoyasini kuchaytirish naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Rossiya va Qozog‘iston kabi asosiy yo‘nalishlarda ishlayotgan migrantlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va huquqiy himoyani ta’minlash — davr talabi bo‘lib qolmoqda.

Теги :
Jamiyat