$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklarning asosiy o‘lim sababi ochiqlandi

death 3

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida qayd etilgan o‘lim holatlarining yarmidan ko‘piga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

40,2 ming kishi vafot etgan

Statistika agentligi yilning dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi. 2024-yil yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni jami 40,2 ming kishini tashkil etgan. Shundan erkaklar soni 21,9 ming, ayollar soni esa 18,3 ming nafar.

Qaysi kasalliklar o‘limga sabab bo‘lgan?

Yilning birinchi choragida qayd etilgan o‘lim holatlarining 57,9 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan,7,5foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 9,1foizi – o‘simtalardan, 4,5foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,2foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,7 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Eng ko‘p o‘lim holatlari qaysi hududda kuzatilgan?

Hududlar kesimid o‘limlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyati 11,1%ga, Farg‘ona viloyatida10,4%ga, Toshkent shahrida 9,7%ga, Andijon viloyatida 9,6%ga va  Sirdaryo viloyatida 9,1%ga  teng bo‘lgan.

O‘limlar sonining ulushi nisbatan kam Sirdaryo viloyatida 2,5%, Navoiy viloyatida 2,9%, Jizzax viloyatida 3,7%, Xorazm  viloyatida 5,1%  va  Buxoro viloyatida esa 5,3% ni tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat