$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Vengriyada Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi ko‘magida Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Qayd etilishicha, ushbu byust Vengriya-O‘zbekiston diplomatik aloqalari tarixida O‘zbekistonga bag‘ishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirilgan.

Samarqand — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha Afrosiyob elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 2-3-noyabr kunlari Samarqand shahrida SAMARKAND MARATHON 2024 xalqaro yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 1-2-3-4 noyabr kunlari 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

UzAuto Chevrolet Cobalt’ning yangilangan ko‘rinishini taqdim etdi

Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi avtomobilning ishlab chiqilishi UzAuto Motors AJ marketologlari ichki va tashqi bozorlarda iste’molchilarning talablarini o‘rganish natijalari bilan bog‘liq.

Chevrolet Cobalt Midnight konsepsiyasi dastlab avtomobilni qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar bilan jihozlashni o‘z ichiga oladi.

“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi

15-oktyabr soat 10:00 da “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish berish jarayoni boshlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025 yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi ovoz berish orqali jamoatchilik tomonidan tanlanadi.

Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilagan ro‘yxat asosida respublika bo‘yicha 451 ta bog‘cha ovozga qo‘yilgan. Ajratilgan budjet – 397,6 mlrd. so‘m.

Ovoz berish jarayoni 25-oktyabr 10:00 gacha davom etadi. Xuddi “Tashabbusli byudjet” kabi, “Mening bog‘cham”da ham “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga amal qilinadi.

Теги :
Jamiyat