$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda 98 mingdan ortiq chet el fuqarolari O‘zbekistonga davolanish maqsadida tashrif buyurgan

shifokor

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 98,8 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,1 ming nafarga yoki 77,3 % ga oshgan.

Eng ko‘p fuqarolar Tojikistondan kelishgan

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston — 75 466 nafar;

Qozog‘iston — 11 383 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 9 205 nafar;

Rossiya — 1 746 nafar;

Turkmaniston — 794 nafar;

Afg‘oniston — 44 nafar;

Turkiya — 39 nafar;

Ukraina — 17 nafar;

Ozarbayjon — 15 nafar;

AQSH — 12 nafar;

Boshqa davlatlar — 82 nafar.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkich

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 44,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga 9 oyda davolanish maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:

Tojikiston – 31,1 ming nafar

Qozog‘iston – 8,1 ming nafar

Qirg‘iz R. – 3,9 ming nafar

Rossiya – 0,8 ming nafar

Turkmaniston — 0,4 ming nafarni tashkil etgan.