$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga davolanish uchun ko‘proq qaysi davlatlardan kelishmoqda?

davolanish

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—sentyabr oylarida jami 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

Mamlakatlar bo‘yicha taqsimlanishi

Joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston — 62 347 nafar; 
  • Qozog‘iston — 9 537 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
  • Rossiya — 1 424 nafar;
  • Turkmaniston — 727 nafar;
  • Turkiya — 29 nafar;
  • Afg‘oniston — 23 nafar;
  • Ukraina — 16 nafar;
  • Ozarbayjon — 12 nafar;
  • AQSH — 12 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 60 nafar.

Eslatib o‘tamiz,  2024-yilning yanvar—may oylarida 2,8 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 248,2 ming nafarga ko‘proq, ya’ni, 9,6 foizga yuqori degani.

Теги :
Jamiyat