$
 12109.02
75.74
 14139.70
78.81
 150.31
1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston davlat qarzlarini nimalarga sarflayapti?

Dollar

2025-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 75,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani aytilmoqda. Bu kabi raqamlar odatda doimiy kuzatuv olib bormaydiganlar orasida savollar tug‘dirishi tabiiy.

Investitsiyalar va tashqi moliyalashtirish nega muhim?

Investitsiyalar masalasi har doim qiziqish uyg‘otadi, chunki jamiyat jalb qilinayotgan resurslar nimaga sarflanayotgani va u qanday natija berayotganini bilishni istaydi. Asosiy tamoyil shundaki, har bir investitsiya aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Gap shunchaki balandparvoz raqamlar haqida emas, balki odamlar kundalik hayotida sezadigan real yaxshilanishlar — yangi ish o‘rinlari, barqaror daromad, infratuzilma, toza ichimlik suvi, energiya, transport va sifatli ijtimoiy xizmatlar haqida ketmoqda.

Tashqi moliyalashtirishning iqtisodiy mantiqi

Iqtisodiyot tez o‘sishi uchun kapital, texnologiya, zamonaviy uskunalar va yangi bozorlar zarur. Agar mamlakat tashqi resurslarni jalb etishni to‘xtatsa:

  • iqtisodiy o‘sish sekinlashadi;
  • ish o‘rinlari kamayadi;
  • infratuzilma yangilanishi qiyinlashadi;
  • energiya va suv ta’minoti kengayishi sekinlashadi.

Shu sababli O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va aholi farovonligini oshirish maqsadida investitsiyalarni izchil jalb qilib kelmoqda.

O‘zbekistonning asl davlat qarzi qancha?

Ko‘rsatkichning tarkibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 75,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 37,4 mlrd dollari davlat tashqi qarziga to‘g‘ri keladi. Qolgan qariyb 38 mlrd dollar esa davlat kafolatisiz olingan xususiy va davlat korxonalarining korporativ qarzlaridan iborat.

Alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro tasnif bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi darajasi mo‘tadil va boshqariladigan hisoblanadi. 37,6 mlrd dollarlik davlat tashqi qarzi YaIMning qariyb 26 foizini tashkil etadi. Bu esa jahon tajribasida makroiqtisodiy barqarorlikka xavf tug‘diradigan chegaraviy ko‘rsatkichlardan ancha past ekani bilan ahamiyatlidir.

Davlat qarzi evaziga bajarilgan ishlar (2017–2025)

Transport va infratuzilma

  • 1 564 km avtomobil yo‘llari qayta qurildi.
  • 470 km temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi.
  • 6 793 km ichimlik suvi tarmoqlari va 664 km oqova tarmoqlar bunyod etildi.
  • 96 km issiqlik quvurlari, 1 286 ta issiqlik punktlari va 31 ta oqova suv nasos stansiyasi qurildi.
  • 2 737 MVt qo‘shimcha quvvat yaratildi, 1 106 km yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tortildi.
  • 2 084 MVt quvvat, 16 423 mln kVt·soat elektr energiyasi va 551,8 ming Gkal issiqlik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Transport vositalari va shahar xizmatlarini modernizatsiya qilish

  • 4 ta Boeing 787‑8 samolyoti sotib olindi.
  • 2 ta Talgo‑250 tezkor poyezdi olib kelindi.
  • 30 ta elektrovoz xarid qilindi.
  • Metropoliten uchun 70 ta vagon va 29 ta harakat tarkibi qo‘shildi.
  • 1 900 ta avtobus hamda 1 000 ta tez yordam mashinasi xarid qilindi.
  • 541 ta chiqindi yig‘ish texnikasi va 13 ta issiqlik qozoni o‘rnatildi.

Ta’lim va ijtimoiy soha

  • 60 ta oliy ta’lim muassasasida 119 ta laboratoriya tashkil etildi.
  • 6 213 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mebel, o‘quv materiallari va 4 940 ta ofis texnikasi bilan jihozlandi.

Qishloq va suv xo‘jaligi

  • 1 593,1 km kanallar ta’mirdan chiqarildi.
  • 3 396 ta gidroinshoot yangilandi.
  • 423 ta tik quduq barpo etildi.
  • 2,2 ming gektarda issiqxonalar, 12,6 ming gektarda intensiv bog‘lar yaratildi.
  • 334,9 ming tonnalik muzlatgich omborlari qurildi.
  • 258,2 ming tonna qayta ishlash quvvatiga ega korxonalar ishga tushdi.
  • Parrandachilikda 12,3 mln bosh, qo‘ychilikda 5 752 bosh, chorvachilikda 26,3 ming bosh hayvon uchun mo‘ljallangan xo‘jaliklar tashkil etildi.
  • Tikuvchilik va to‘qimachilik yo‘nalishida 90,2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatlariga ega korxonalar barpo etildi.

2 million yangi ish o‘rni

Shuningdek, natijada O‘zbekistonda 2 milliondan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, eksport hajmi qariyb 270 foizga kengaydi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM esa 418 foizga ko‘tarildi. Kelgusida resurslarni jalb etish jarayonida parlamentning nazorati yanada kuchaytiriladi, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi va barcha loyihalarning borishi jamoatchilikka oshkora tarzda taqdim etiladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot