$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish kengaytiriladi

xarid

Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, endilikda davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish kengaytiriladi.

“Yashil” davlat xaridlari ko‘paytiriladi

Qarorga muvofiq, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

Barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;

Davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;

Davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;

Davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish;

Davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;

Davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.

Shuning bilan birga, 2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.