$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlikni boshlash uchun garovsiz va foizsiz qarz beriladi

pul

Prezidentning 23-sentyabrdagi qarori bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Kambag‘allikdan chiqariladiganlarning ro‘yxati

Shu bilan birga, 2024−2025-yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Hujjat bilan, eng og‘ir ahvoldagi 1 000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantirilishi, ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanishi kerak.

Maxsus dastur

1-dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2024−2025-yillarda tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi.

Oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trln. so‘m, 2025-yilda 15 trln. so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, 2025-yildan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi. 2025/2026-o‘quv yilidan farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi.

“El-yurt umidi” kvotalari

2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi. “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln. so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, “fud-trak, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olishga garovsiz va foizsiz qarz beriladi.