$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2025-yilda darsliklar va mashq daftarlari uchun mablag‘lar Davlat byudjetidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda

darslik

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yilda maktablarda o‘quvchilar uchun darsliklar ijarasi bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga muvofiq, 2025-yilda darsliklar va mashq daftarlari uchun mablag‘lar Davlat byudjetidan qoplab berilishi mo‘ljallanmoqda.

Darsliklar uchun byudjetdan 1,5 trln. so‘m ajratilgan

Ma’lum bo‘lishicha, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiya asosida ishlab chiqilgan Byudjetnoma loyihasida 2025–2026-o‘quv yilidan 2–11-sinflarda bir to‘plam darslik va mashq daftarlari uchun ijara to‘lovi undirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etilgan edi.

Shuningdek, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd. so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1 yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.

2025-yilda esa 81 mln. nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat byudjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.

Ota-onalardan darsliklar ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan

Shuning bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Byudjet loyihasida Kitob jamg‘armasi xarajat va daromadlari ko‘rsatilmaganiga e’tibor qaratilgan. Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgan va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilmagan.

2025-yil uchun Davlat byudjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.