$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida kiberhujumlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda

cyber security киберхавфсмзлик kiberxavfsizlik

“Kasperskiy laborotoriyasi” hisoboti natijalari e’lon qilindi.

Tojikiston eng ko‘p kiberhujumga duchor bo‘lgan

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston internetda eng ko‘p hujumga uchragan MDH davlatlari ichida to‘rtinchi o‘rindan joy oldi. Hujumlarning asosiy qismi tojikistonlik foydalanuvchilarga (60,69%) qilingan. Undan keyin Belarus (59,79%), Turkmaniston (59,55%) va O‘zbekiston (58,74%). Qirg‘iziston (57,21 foiz), Qozog‘iston (54,62 foiz) va Rossiya (51,86 foiz), Ozarbayjon (49,73 foiz) va Armaniston (44,21 foiz) kabi davlatlar egallagan.

Shuningdek, hisobotda, tez-tez kiberhujumlarga duchor bo‘ladigan faoliyat sohalari ham aniqlangan. Birinchi uchlikda moliya (28%), qurilish (24%) va ishlab chiqarish (14%) sohalari qayd etilgan.

O‘zbekiston yil boshidan buyon 3 mln.dan oshiq kiberhujumga uchragan

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston internet resurslariga 2024-yil boshidan buyon 3 milliondan ortiq kiberhujumlar uyushtirilgan edi.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-chorak holatiga ko‘ra monitoring jarayonida davlat organlari va tashkilotlarning 19 ta veb-resurslarida 70 ta zaiflik va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilgandi. Bu haqda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida internet tarmog‘ining milliy segmentida 3 million 290 mingdan ortiq kiberhujumlar kuzatilgan.

Kibermakonda mavjud zaifliklar va tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, to‘plash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora ko‘rish maqsadida, markazning monitoring tizimlari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot infratuzilmalarida aniqlangan 369 ming 660 dan ortiq kibertahdidlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati sayti 2022-yil 2-noyabr kuni xakerlar hujumiga uchragan edi. Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, 2022-yilning sentyabridan boshlab Norin tumani Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi, voyaga yetmagan 16 yoshli M.B. boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, internet ijtimoiy tarmog‘i orqali kiberhujum uyushtirishga oid materiallarni ko‘rib, ushbu yo‘nalishda noqonuniy xatti-harakatlarni o‘zlashtirib olib, 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatiga tegishli bo‘lgan “www.senat.uz” veb-saytiga hamda boshqa saytlarga noqonuniy kiberhujumlar amalga oshirgandi.