$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

10 yilga qamalgan “Boxo zavxoz” ishi

b 5 19

“Dolzarb qirq kunlik” reyd tadbirlarida qoʻlga olingan “Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga 16-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudida sud hukmi oʻqildi.

Ishni hal qilmoqchi boʻlgan Sultonov toʻdasi

70 yoshli Niyoz Ibodov Navoiy shahridagi “Navoiy-avtosavdo” MChJ direktori hisoblanadi. Ochiq manbalarga koʻra, u MChJda 61,20 foiz ulushga egalik qilgan. MChJning 32,70 foiz ulushi esa uning jiyani Sardor Gʻafforovga tegishli boʻlgan.

Niyoz Ibodovga jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining 2023-yil 18-dekabrdagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Sud ajrimiga koʻra, Niyoz Ibodov oʻzining jiyani boʻlgan Sardor Gʻafforovni “Navoiy-avtosavdo” MChJdagi ulushidan voz kechirish boʻyicha Bahodir Sultonovga murojaat qilgan. Bahodir Sultonov, Niyoz Ibodov va boshqa nomaʼlum shaxslar 2023-yilning iyun oyi boshlarida bir guruhga birlashib, ishni “hal qilish” uchun oldindan jinoiy til biriktirgan.

Ibodovning jiyaniga tahdid

Guruh aʼzolari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ofisga Sardor Gʻafforovni chaqirib, undan avtosalondagi ulushini 200 ming AQSh dollari evaziga Niyoz Ibodov nomiga oʻtkazib berish haqida doʻq-poʻpisa qilib, agar ulushni oʻtkazib bermasa, jismonan yoʻq qilib yuborishni aytishgan.

Sud hukmi

Manbaga koʻra, Bahodir Sultonov hamda Niyoz Ibodov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil, Niyoz Ibodovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, sud hukmi bilan Bahodir Sultonov oʻta xavfli retsidivist deb topilgan.