$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Gʻarbda koronovirusning FLiRT guruhiga oid bir qancha viruslar tarqalmoqda. Bu qanchalik xavfli?

Covid

Asosiy savol koronavirusning FLiRT guruhiga oid shtammlarga hozirgi vaksinalar qanchalik samarali ishlashidir. Uorvik universiteti virusologi Lourens Yangning aytishicha, vaksinalar, jillaqursa, virusning ogʻir darajalarida munosib himoya qilishda davom etadi.

 Nega aynan FLiRT?

 Flirt inglizchada “noz-karashma, ishva qilish” degan ma’nolarni beradi. Xoʻsh, demak koronavirusning yangi paydo boʻlgan bu turli viruslari noz-karashma qilish yoʻli orqali “yuqadimi”? Yoʻq. Bu viruslarning “flirt” qilish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Amerika Yuqumli Kasalliklar Jamiyatining ta’kidlashicha, FLiRT bu COVID-19 mutatsiya shtammlarining genetik kodidan kelib chiqqan texnik atamadir. Ushbu ikki mutatsiya “456-pozitsiya” (F L o‘rnida) va “346-pozitsiya” (R T o‘rnida) joylashgan bo‘lib, “FL” va “RT” birlashib, FLiRT nomini hosil qiladi. Variantlarning nomlarini eslab qolish va aytish qiyin bo‘lganligi, qolaversa ular “mutatsiyaga uchrab” oʻzgarishda davom etishi sababli, oʻrniga bunday atamalar qulayroq boʻladi.

Virusning tarqalish hududlari 

Shtammlar ichida tarqalishi boʻyicha AQShda mart boshida yuzaga kelgan KP.2 shtammi yetakchilik qilmoqda. AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mayga qadar bo‘lgan ikki hafta ichida KP.2 28,3 foiz holatlarda aniqlangan. Mart boshida esa atigi 3,8 foiz holatlarda bo‘lgan. Tarqalishi bo‘yicha ikkinchi shtamm KP.1 bo‘ldi (7,6 foiz). JSST ma’lumotlariga ko‘ra, FLiRT shtammlari Yevropaning 14 ta mamlakati, Kanada, Avstraliya, Tailand, Hindiston, 

va Isroilda aniqlangan. 

Mutaxassislar nima deydi? 

Olimlar fikricha, ushbu shtammlar kasalxonaga yotqizish yoki kasallikning og‘ir kechishi holatlariga olib kelmaydi. FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir. Bu - isitma, yo‘tal, burun bitishi yoki oqishi, tomoq og‘rishi, ta’m yoki hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi. Asosiy savol Koronavirusning FLiRT guruhiga oid shtammlarga hozirgi vaksinalar qanchalik samarali ishlashidir. Uorvik universiteti virusologi Lourens Yangning aytishicha, vaksinalar, jillaqursa, virusning ogʻir darajalarida munosib himoya qilishda davom etadi. Sharqiy Angliya universiteti tibbiyot professori Pol Xanter hozirgi paytda infeksiyaning koʻpayish ehtimoli kamligini ta’kidladi.