$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mansab doirasidan tashqarida: poraxo‘r amaldorlar qo‘lga tushmoqda

korrupsiya corruption

DXX tomonidan joylarda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilmoqda. Prokuror o‘rinbosari 2 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushgan bo‘lsa, Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i uyning kadastirini qilib berish uchun 25 ming dollar olayotganida ushlangan.

2000 dollar pora

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, u tuman prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov xulosasi tuman sudiga yuborilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanmasligiga hamda JKning 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llanilmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan va muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.

G‘alla planini bajarib berish

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, joriy yilning aprel oyida g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini f/x ixtiyoriga qaytarib berish hamda xo‘jalikning bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda agrofirma rahbari so‘ralgan pul mablag‘idan 1000 AQSH dollari va 5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, talab qilingan pul mablag‘idan 100 AQSH dollarini olib, qolgan qismini o‘zida saqlab turishi haqida agrofirma rahbariga topshiriq bergan vaqtida Chortoq tumani hokimi o‘rinbosari ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Ta’kidlash lozimki, agrofirma rahbari fermerning ushbu masalasini hal qilib berish bo‘yicha avvalroq 3 mln. so‘m olgan.

Rahbarning og‘zaki noqonuniy topshirig‘i

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln. so‘m miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Shuningdek, Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlandi.

Kadastr hujjati uchun 25 ming dollar

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga, o‘zining xizmat xonasida 25 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.  

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.