$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

turkiya turkiye turkey

Bosh konsulxona Turkiya hududida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.

Soxta advokatlar ko‘paymoqda

Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:

- onlayn savdo orqali bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o‘zini advokat deb sud, kargo xarajatlarini undirish;  

- telefon orqali o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan xorijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to‘lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o‘tkazish.

Firibgarlar psixologik vositalardan foydalanmoqda

Bunday firibgarlar ma’lumotlarni olib fuqarolarning o‘zlariga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psixologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.  

“Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o‘zini politsiya, sud, maxsus kuch xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o‘rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlarini tavsiya qilib qolamiz”, — deyiladi xabarda.