$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangilangan Cobalt sotuvga chiqariladi

Cobalt

Ma'lum bo'lishicha, UzAuto Motors yangilangan Cobaltni sotuvga chiqaradi. Tabiiy ravishda avtomobil ishqibozlarida bir savol paydo bo'lmoqda: mashinaning narxi, ichki salon qismi, tashqi ko‘rinishi qanday bo‘ladi?

Yangilangan Cobalt

Tez orada O‘zbekistonda ham Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. UzAuto Motors 2025-yildan boshlab ushbu model uchun shartnoma berishni boshlaydi. Yangilangan Cobalt’ning ichki salon qismi va tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi, keyingi yilda ham hozirgi Cobalt uchun shartnoma berish davom etishi yoki etmasligiga hamda narxiga aniqlik kiritilmagan.

Gentra/Lacetti va Malibu 

Avvalroq "General Motors" kompaniyasi 2024-yilning kuzidan, yana ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, noyabr oyidan boshlab Gentra/Lacetti modelidagi avtomobildan so‘ng Malibu ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilishini ma'lum qlingandi. Kompaniya bu qarorni asosiy e’tibor elektr transport vositalari ishlab chiqarilishiga qaratilayotgani bilan izohlagan. Ayni paytda ushbu avtomobil ishlab chiqarilayotgan "Fairfax" zavodi yangi avlod "Bolt" elektr xetchbeklari uchun ixtisoslashtiriladi. Shuningdek, xuddi shu zavod qisqa tanaffusdan keyin Cadillac XT4 krossoverini yig‘ishni yana davom ettirishi rejalashtirilmoqda. "Bolt"’dan farqli, XT4 an’anaviy benzinli dvigatellar qatorini saqlab qoladi.