$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda aholining sanitar tozalash xizmatlaridan qarzi 585 mlrd. so‘mga yetdi

chiqindi

O‘zbekistonda sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqyosida jami 585 mlrd milliard so‘mga yetdi. Bu haqda “UzReport” telekanali efirida xabar berildi.

Fuqarolarning to‘lov intizomiga rioya qilishi sust

Ma’lum qilinishicha, aholida to‘lov intizomi darajasining pastligi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu tufayli hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining qisqa raqami orqali fuqarolarga SMS xabarnomalar yuborilishi boshlangan.

SMS xabarnoma bo‘yicha e’tiroz bo‘lganda og‘zaki ariza qoldirish mumkin

Prezident farmoniga ko‘ra, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yangi tizim birinchi bosqichda 2024-yil birinchi iyundan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida olti oylik qarzdorlik uchun joriy etilishi nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda, 2024-yil birinchi noyabrdan respublikaning barcha hududlarida uch oylik qarzdorlik uchun, uchinchi bosqichda 2025-yil yanvardan boshlab oylik qarzdorlik uchun joriy etilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, yuborilgan SMS xabarnomalardagi qarzdorlik miqdori bo‘yicha fuqarolarda e’tirozlar mavjud bo‘lsa, 1205 qisqa raqamiga og‘zaki ariza qoldirishlari mumkin.