$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Farzandini mayda oʻgʻrilikka majburlagan onadan bolasi olib qoʻyildi

teenager

Toshkentda farzandini maktabga yubormagan va uni mayda o‘g‘rilikka majburlagan onaning bolasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Bola 14 yoshda

Aniqlanishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 14 yoshli fuqaro A.Q. 2023-yil 17-oktyabr sanasidan boshlab maktabdagi darslarga onasi S.G.ning asossiz qarshiligi sabab bormay qo‘ygan. 

U uyda jamiyatdan to‘laqonli uzib qo‘yilgan. Shuningdek, bola onasi tomonidan turli xil do‘konlarda mayda o‘g‘irliklar qilishga majburlab kelingan.

Endi nima boʻladi?

Qayd etilishicha, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida ushbu holatga chek qo‘yilgan. 

Bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 16-may kuni u Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

“Ayni vaqtda Agentlik tomonidan fuqaro A.Q. ga huquqiy maslahatlar va zarur yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda.