$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi chegaraga yaqin hududlarda hujjatsiz 5 kundan ortiq qolib bo‘lmaydi

chegara

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Shuningdek, ushbu hujjat bilan yana ikkita nizom ham tasdiqlandi:

  • Davlat chegarasini jihozlash, uni shaxslar va transport bilan kesib o‘tish, u orqali tovarlar olib o‘tish, chegarada va chegara mintaqasida xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, chegara nizolarini hal etish tartibini belgilovchi Davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi nizom;
  •  O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.

Nimalar o‘zgaradi?

Ikkinchi nizomga ko‘ra, chegara zonasida doimiy yashamaydigan va besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, shu jumladan fuqarolik biometrik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi, xizmat guvohnomasi, harbiy guvohnomasi, tug‘ilganlik haqida guvohnomasidan tashqari chegara zonasida bo‘lish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida ro‘yxatga olish varaqasi ham bo‘lishi shart.

Tegishli hujjat va yo‘llanmalar kerak

Buning uchun ular profilaktika inspektori yoki mahalla raisiga murojaat qilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasining amal qilish muddati bir oyni tashkil etadi (varaqa shakliga misol ushbu havolada). Chegara hududiga xizmat safariga yuborilgan shaxslar yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xizmat safari hujjatlari bo‘lishi kerak.

Chegara hududida joylashgan sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga tashrif buyuruvchi fuqarolarda muassasalar tomonidan beriladigan yo‘llanma yoki ma’lumotnomalar bo‘lishlari kerak.

Bolalarning chegara hududida joylashgan bolalar oromgohlarida bo‘lishiga ham aynan yo‘llanmalar asosida yo‘l qo‘yiladi. Ota-onalar esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilangina 5 kun davomida ushbu hududlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Теги :
Jamiyat