$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Tez yordam

Tezlik — “103” xizmatida hal qiluvchi mezon. Chunki, chaqiruv manziliga juda qisqa vaqtda yetib borish kerak! Keyin bemorga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi! Ana shundan so‘ng, tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra, bemorni shoshilinch ravishda shifoxonaga olib borish zarur bo‘lishi mumkin. Bu jarayonda har daqiqa qadrli va hisobli. Biroq yurtimizda “Tez yordam”ning tezligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar, afsuski, hali ham uchrab turibdi.

2023-yildagi yolg‘on chaqiriqlar

2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Shuningdek, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan. Inson salomatligi, hayoti haqida ketar ekan, bunday murojaatlar bo‘lishi afsuslanarli.

Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryoda

 Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan. Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 6 ta!