$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tug‘ilishning eng past ko‘rsatkichi: Yevropada 1961-yildan buyon eng kam chaqaloq dunyoga kelgan

chaqaloq

Hisob-kitoblarga qaraganda, Yevropada1961-yildan buyon eng kam chaqaloq dunyoga kelgan. Iqtisodchilar esa tug‘ilishning pasayishini koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi va yashash narxining oshishi kabi global inqirozlar bilan bog‘lashmoqda.

 Eng yirik yillik pasayish

Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Yevropa Ittifoqining 27 davlatida atigi 3,67 million chaqaloq tug‘ilgan, bu rekordlar 1961-yilda boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilga nisbatan tug‘ilishlar soni 5,5 foizga kamaydi, bu statistika tarixidagi eng yirik yillik pasayish bo‘ldi, deb xabar bermoqda n-tv portali.

Yashash sharoitining qiyinlashuvi tug‘ilishga ta’sir qilmoqda

Shuningdek, OECD iqtisodchilari tug‘ilishning pasayishini koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi va yashash narxining oshishi kabi global inqirozlar bilan bog‘laydi.

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, yoshlarning mehnat bozori, koʻchmas mulk va hatto shaxsiy hayotida oʻzini namoyon qilishi qiyinlashib bormoqda, bu ham demografik koʻrsatkichlarga taʼsir qiladi.