$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

I chorakda qaysi hududlarda iste'molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘ldi?

cashback

Mart oyida eng ko‘p cheklari ro‘yhatdan o‘tgan korxonalar reytingi e’lon qilindi. Reytingning 1-o‘rinidan "Anglesey Food” MChJ XK joy egalladi. Ushbu MChJga tegishli bo‘lgan 3,6 mlnta chek uchun, 5,5 mlrd soʻm keshbek to‘langan. 

 162,1 mln chek uchun 173,2 mlrd so‘m keshbek

29-aprel holatiga, joriy yil boshidan iste’molchilarga 162,1 mln chek uchun 173,2 mlrd so‘m keshbek to‘langan. Shundan 57,8 mlrd so‘mi mart oyida berilgan.

Qaysi hududlarda iste'molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘ldi?

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g'ri kelmoqda:

Toshkent sh. - 82,9 mlrd so‘m;

Toshkent viloyati - 17,3 mlrd so‘m;

Samarqand viloyati - 11,8 mlrd so‘m;

Farg‘ona viloyati - 8,9 mlrd so‘m;

Qashqadaryo viloyati - 7,8 mlrd so‘m.

Mart oyida qaysi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yxatdan o‘tkazildi?

Mart oyida quyidagi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yhatdan o‘tgan e’lon qilindi

"Anglesey Food” MChJ XK: 3,6 mlnta chek, 5,5 mlrd soʻm keshbek.

“Havas Food” MChJ QK: 1,6 mlnta chek, 857,3 mln soʻm keshbek.

“Darvoza Savdo” MChJ: 408,1 mingta chek, 318 mln soʻm keshbek.

“UNG Petro” MChJ: 346,8 mingta chek, 1,3 mlrd soʻm keshbek.

“Mak Food Servis” MChJ: 288,6 mingta chek, 207,4 mln soʻm keshbek.

 “Xalq Retail” MChJ: 253,8 mingta chek, 120,2 mln soʻm keshbek.

 “Urban Retail” MChJ: 232,5 mingta chek, 225,6 mln soʻm keshbek.

 “Best Quality Products” MChJ: 229,2 mingta chek, 171,9 mln soʻm keshbek.

 “Cheese Day” MChJ: 222,4 mingta chek, 176,5 mln soʻm keshbek.

 “Grand Pharm Trade” MChJ: 154,9 mingta chek, 179,8 mln soʻm keshbek.

 “International Foodchain” MChJ: 154 mingta chek, 160,2 mln soʻm keshbek.

“New Retail” MChJ: 150,5 mingta chek, 46,7 mln soʻm keshbek.

“Nika Farm Servis” MChJ: 124,6 mingta chek, 105,6 mln soʻm keshbek.

"Energy Oil Group"MChJ: 109 mingta chek, 207,4 mln soʻm keshbek.

“Namangan istiqlol bog‘i” MChJ: 95,1 mingta chek, 151,2 mln soʻm keshbek.

“Magnum Retail” MChJ XK: 83,7 mingta chek, 118,8 mln soʻm keshbek.

 “Magnum Hamkor ” MChJ XK: 82,8 mingta chek, 66 mln soʻm keshbek.

 “Safia Bakery and Cafe” MChJ: 82,6 mingta chek, 103,2 mln soʻm keshbek.

"Osiyo trade biznes" MChJ: 79,8 mingta chek, 1,1 mlrd soʻm keshbek.

“Magnit srednyaya aziya” MChJ: 79,1 mingta chek, 100,4 mln soʻm keshbek.

Reytingdagi o‘zgarishlar

Eng ko‘p cheklari ro‘yhatdan o‘tkan korxonalar reytingida “Namangan istiqlol bog‘i” va “Magnit srednyaya aziya” MChJlari hali yangi. “Safia Bakery and Cafe”, “Urban Retail” hamda “UNG Petro” MChJlar reytingda yuqorilagan bo‘lsa, "Osiyo trade biznes", “Best Quality Products” va “Mak Food Servis” MChJlari esa pastga tushgan. Qolgan barcha korxonalarning reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan. 

Теги :
Jamiyat