$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi avtomobillar poygasida bir kishi vafot etdi

a 5 10

Ijtimoiy tarmoqlarda ikkita avtomobil poyga uyushtirib, yuqori tezlikda harakatlanib ketayotganini, mashinalardan biri poyga yoʻlagiga tushib qolgan bir erkakni urib yuborgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi.

YTH Sergelida sodir boʻlgan

Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qilishicha, kecha, 9-may kuni soat 17:00 larda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok boʻldi. https://t.me/ubdd_uz/19394

27 yoshli avtobloger halok boʻldi

Hodisa tumanning Qumariq koʻchasida joylashgan Avtotuning ustaxonasi qarshisida sodir boʻlgan. 2000-yilda tugʻilgan haydovchi Kia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1997-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga olib borilganda vafot etgan. Marhum Instagramdagi autotuning.uz asoschisi ekanligi aytilmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.