$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy yilda davlat byudjeti mablag‘lari nimalarga sarflanadi?

byudjet

Shavkat Mirziyoyevga 2025-yil uchun davlat moliyasi to‘g‘risida axborot berildi. Unga ko‘ra, qonun 17 modda va 10 ilovadan iborat bo‘lib, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilaydi.

YIM 6 foizga o‘sadi

Keltirilishicha, 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan daromadlar 431 trln. so‘m, xarajatlar esa 480,5 trln. so‘m miqdorida.

Shuningdek, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida taqchillik kuzatiladi. Moliyaviy balans 2 foiz taqchillik bilan shakllanishi rejalashtirilgan.

Daromad va xarajatlar

Davlat budjeti daromadlari 308,5 trln. so‘m, xarajatlar 344,8 trln. so‘m deb belgilangan. 2025-yilda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar daromadlari 65,8 trln. so‘m bo‘ladi. Mahalliy hududlarga 18,5 trln. so‘m miqdorida transfertlar yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Bu yil ham davlat byudjeti iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltiriladi

Ijtimoiy sohalarga 52 foiz ajratish davom ettiriladi. Mahalliy daromadlarni oshirish uchun ba’zi soliq turlari tumanlarga qoldiriladi. Aylanma va yer mol-mulk solig‘i mahalliy hududlarda qoladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi mahalliy hududlar uchun ajratiladi.

Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan tushumning 50 foizi mahalliy hududlarga o’tadi. Tuman va shahar kengashlariga soliq koeffitsiyentlarini belgilash vakolati berildi.

Umuman, davlat budjeti joriy yilda ham iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat