$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy yildan “tashabbusli byudjet” loyihasida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmaydi

byudjet

“Tashabbusli byudjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklanmoqda.  

Endilikda moliyaviy mustaqil tashkilotlar “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida ishtirok etmaydi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.  

Mazkur qarorga ko‘ra, “Tashabbusli byudjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:  

moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;  

“Tashabbusli byudjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.