$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat byudjetining 178 trillion so‘m mablag‘i ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi

byudjet

Bugun, 3-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida muhim moliyaviy hujjati – Davlat byudjetining qabul qilinishi bo‘yicha hujjat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish ko‘zda tutilmoqda

Quyi palata Spikerining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil uchun byudjet xarajatlari qariyb 345 trln so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 52 foizi yoki 178 trln so‘mi (joriy yilga nisbatan 23 trln. so‘mga ko‘p) ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, byudjet loyihasida Prezidentning kambag‘allikni qisqartirish, bandlikka ko‘maklashish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha topshirig‘ini bajarish uchun zarur vositalar ham nazarda tutilgan.

Byudjetda, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. “Yoshlar byudjeti” uchun, ya’ni yoshlarga oid dasturlarni amalga oshirish, yoshlarni o‘qitish va ularning har tomonlama kamol topishini ta’minlash uchun budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar 1,6 trln so‘mdan ko‘pini tashkil etmoqda.

Ekologiya uchun byudjetdan 3 trln. 480 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratilmoqda

Xususan, byudjet loyihasida energiya samaradorligini oshirish, barqaror iste’molni va ishlab chiqarishni targ‘ib qilish, atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish kabi muhim masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishi bo‘yicha aniq maqsadlar nazarda tutilmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun kelgusi yilda 3 trln. 480 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratilmoqda.