$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtobuslar uchun naqd pulsiz to‘lovlar soni oshdi, yo‘lovchilar soni-chi?

bus

“Toshshahartransxizmat” AJ joriy yilning oktyabri holatiga ko‘ra avtobus va elektrobuslarning faoliyati haqida maʼlumot berdi.

Bir kunda tashilgan yoʻlovchilar soni

Qayd etilishicha, 2024-yil 18-oktabr kuni 1 556 ta avtobus yoʻnalishga chiqarilgan. Kun davomida 1 199 569 nafar yoʻlovchilar manzillariga yetkazilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu kuni bilan solishtirilganda 263 063 nafar (2023-yil oktyabr 936 506)ga oshgan.

Toʻlov turlari

Shuningdek, yoʻlovchilarning 61,7%i elektron to'lov turlari orqali, 38,3%i naqd pul orqali to'lovlarni amalga oshirgan. 2023-yilda esa elektron to'lov turlari orqali 56,6%, naqd pul orqali 43,8% yoʻlovchi toʻlov qilgan.

2023-yilda Toshkent shahrida 5 mln. nafar aholi mavjud boʻlgan

Maʼlumot uchun, 2023-yilda Toshkent shahrida 5 mln. nafar aholi mavjud boʻlgan bo‘lib (doimiy istiqomat qiluvchi – 3,02 mln, kunlik shaharga kelib-ketuvchi – 1,5 mln, vaqtinchalik yashovchi – 0,48 mln.), shundan mobil (harakatdagi) aholi soni o‘rtacha 3,5 mln. kishini (shundan 1,8 mln. ish bilan band aholi, 0,4 mln. talabalar, 0,5 mln. o‘quvchilar va 0,8 mln. boshqalar) tashkil qilgan.

O‘tkazilgan tahlillarga (transport makromodeli) ko‘ra, poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni o‘rtacha 9 mln.tani tashkil etib, shundan 6 mln. qatnov transportda harakatlanadi.

Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 mln. (28 foiz) jamoat (avtobus, metro) transportiga (2022-yilda 0,8 mlnta), 4,3 mln. yengil avtotransportga to‘g‘ri keldi.